locale OZ

Superliga. «Dinamo» to'xtatilgan o'yinda «Andijon»ni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarildi

Vadim Abramov samarqandliklar bilan 100-uchrashuvini o'tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Dinamo» to'xtatilgan o'yinda «Andijon»ni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarildi
Фото: Динамо ПФК

Superliga 21-turining to'xtatilgan bahsida "Dinamo" o'z maydonida "Andijon"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab Oybek Urmonjonov hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng Jumaboyev ikkinchi golni urdi.

Bundan tashqari, ushbu bahs Vadim Abramovning samarqandliklar bilan 100-uchrashuvi bo'ldi.

Bu g'alabadan so'ng samarqandliklar ochkolar sonini 56 taga yetkazib, 3-o'ringa chiqib olishdi. "Andijon" esa 29 ochko bilan 12-pog'onada qoldi.

Superliga. 21-tur
Dinamo – Andijon 2:0
Gollar: Oybek Urmonjonov 27, Jaloliddin Jumaboyev 55

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting