Superliga. «Dinamo» mehmon bo‘lib OKMK ustidan g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasining 18-turi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OKMK jamoasi o‘z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o‘yin mehmonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 50-daqiqada samarqandliklar hujumchisi Firdavs Abdurahmonov tomonidan kiritildi — 0:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 25 taga yetkazib olgan “Dinamo” turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “OKMK” esa 29 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi. “OKMK” 19-tur doirasida mehmon bo‘lib “Surxon” bilan bahs olib boradi. “Dinamo” esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
O‘zbekiston Superligasi, 18-tur
OKMK — “Dinamo” 0:1
Gol: 0:1 — Abdurahmonov (50).