Superliga. «Dinamo» Hojimirzayevning yagona goli evaziga OKMKni qabul qildi
Photo: Dinamo PFK
Superliga 19-turida "Dinamo" klubi Samarqandda OKMKni qabul qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida samarqandlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yagona gol 47-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev tomonidan kiritildi. Bu g‘alabadan so‘ng samarqandliklar 37 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Olmaliq klubi esa 34 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi.
Superliga. 19-tur
"Dinamo" - OKMK 1:0
Gol: Anvarjon Hojimirzayev 47
Bahrom Bobonov
Redaktor