Superliga. «Dinamo» bir kishi kam bo‘lib, OKMK bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
"Dinamo" 8 ochko bilan 13-o‘rinda, OKMK 12 ochko bilan 9-pog‘onada.
Фото: Динамо ПФК
Superliga 9-turida "Dinamo" o‘z maydonida OKMKni qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
O‘yinda 2-daqiqadayoq Sanjar Qodirqulov hisobni ochdi. 21-daqiqada mezbonlar himoyachisi Salim Mustafoyev to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. 31-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Ikkinchi bo‘limda 53-daqiqada Aziz Holmuradov oradagi farqni qisqartirdi, 89-daqiqada esa Urosh Kojich mezbonlarga 1 ochko olib kelgan gol muallifi bo‘ldi.
"Dinamo" 8 ochko bilan 13-o‘rinda, OKMK 12 ochko bilan 9-pog‘onada.
Superliga. 9-tur
Dinamo - OKMK 2:2
Gollar: Abror Karimov 1’ — avtogol (1:0), Jaloliddin Jumaboyev 31’ (2:0), Aziz Holmuradov 53’ (2:1), Urosh Kojich 88’ (2:2).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist