locale OZ

Superliga davom ettirilishi oldidan «Qizilqum» klubi uchun maxsus seminar tashkil qilindi

Ularni qo‘llash tartibi va mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib o'tildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga davom ettirilishi oldidan «Qizilqum» klubi uchun maxsus seminar tashkil qilindi
Фото: Қизилқум ПФК

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tajribali mutaxassisi Zokir Qodirov tomonidan futbolchilar va murabbiylar shtabiga o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, o‘yin tempini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda xalqaro musobaqalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy hakamlik yondashuvlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mazkur qoida va o‘zgartirishlarning kelgusida Superliga, Proliga, Birinchi liga hamda ayollar Oliy ligasi uchrashuvlarida ham amaliyotga tatbiq etilishi, ularni qo‘llash tartibi va mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib o'tildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting