locale OZ

Superliga davom ettirilishi oldidan «Buxoro» a’zolari uchun hakamlik mavzusida maxsus seminar o‘tkazildi.

Zamonaviy hakamlik yondashuvlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga davom ettirilishi oldidan «Buxoro» a’zolari uchun hakamlik mavzusida maxsus seminar o‘tkazildi.
Фото: Бухоро ПФК

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tajribali instruktori Zokir Qodirov tomonidan asosiy jamoamiz, U-21, U-19 hamda ayollar jamoamiz a’zolari uchun o‘yin qoidalariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, o‘yin tempini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda xalqaro musobaqalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy hakamlik yondashuvlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mazkur qoida va o‘zgartirishlarning kelgusida Superliga, Proliga, Birinchi liga hamda ayollar Oliy ligasi uchrashuvlarida ham amaliyotga tatbiq etilishi, ularni qo‘llash tartibi va mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirilmoqda.

Mazkur seminarlar o‘yin qoidalarining yagona talqinda qo‘llanilishini ta’minlash, futbol ishtirokchilarining qoidalarga oid bilimlarini mustahkamlash hamda Superliga, Proliga, Birinchi liga va Ayollar oliy ligasi uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting