locale OZ

Superliga. «Buxoro» o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

O‘yinda ikkita gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Buxoro» o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lub etdi
Фото: Бухоро ПФК

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “ “Buxoro” — “Qizilqum” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda mahalliy “Buxoro” jamoasi 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Hisob 21-daqiqada “Buxoro” yarim himoyachisi Javohir Ro‘ziyev tomonidan ochildi. Tanaffusgacha hisob o‘zgarmadi. 59-daqiqada uyushtirilgan tezkor qarshi hujum natijasida Vladimir Rodich gol urib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Mazkur g‘alaba orqali “Buxoro” o‘z hisobiga muhim 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda jamoa 13 ochko bilan Superliganing onlayn turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Qizilqum” esa 6 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.

O‘zbekiston Superligasi, 6-tur

“Buxoro” — “Qizilqum” 2:0

Gollar: 2:0 — Ro‘ziyev (21), 2:0 — Rodich (59)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting