locale OZ

Superliga. «Buxoro» ilk turda minimal hisobda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston chempionatida 1-tur o‘yinlari start oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Суперлига. «Бухара» одержала минимальную победу в первом туре
Фото: Бухоро ПФК

O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Bahs 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Uchrashuvdagi hisob 9-daqiqada Sherzod Esonov tomonidan ochildi. Burchakdan uzatib berilgan to‘pni 23 yoshli futbolchi bosh bilan darvozaga yo‘llab, O‘zbekiston chempionatining 2026-yilgi mavsumi ilk goliga mualliflik qildi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida o‘tdi.

Shu tariqa, Superliganing 1-turidagi ilk uchrashuvda “Buxoro” minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi.

O‘zbekiston Superligasi
1-tur
“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” 1:0
Gol: 1:0 — Sherzod Esonov (9)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting