Superliga. «Bunyodkor» 90+3-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Photo: UzPFL
O‘zbekiston chempionatining 19-turida “Bunyodkor” klubi Toshkentda “Buxoro”ni qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. Dastlab 49-daqiqada Matiya Krivokopich hisobni ochdi. 70-daqiqada Najmiddin Normurodov muvozanatni tikladi. So‘nggi daqiqalarda Amirbek To‘raqulov “qaldirg‘ochlar”ning g‘alaba to‘pini kiritdi.
NATIJADA “Bunyodkor” ochkolari sonini 34 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Buxoro” esa 14 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
Superliga. 19-tur
“Bunyodkor” 2:1 “Buxoro”
Gollar: Matiya Krivokopich, 49 (1:0), Najmiddin Normurodov, 70 avtogol (1:1), Amirbek To‘raqulov, 90+3 (2:1)
Bahrom Bobonov
Redaktor