locale OZ

Superliga. «Andijon» o‘z maydonida OKMKga yutqazib qo‘ydi

Babayan jamoasi qatorasiga 3-o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Andijon» o‘z maydonida OKMKga yutqazib qo‘ydi
Фото: Андижон ПФК

O‘zbekiston Superligasining 7-turining markaziy o‘yinida "Andijon" o‘z maydonida OKMKni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

O‘yindagi hisob 29-daqiqada "konchilar" yarim himoyachisi Nodir Abdurazzoqov tomonidan ochildi. 36-daqiqada OKMKning serbiyalik hujumchisi Urosh Kojich farqni ikkiga oshirdi.

86-daqiqada Ibrohim Yo‘ldoshev andijonliklarning yagona golini kiritdi.

Ushbu natijadan so‘ng "Andijon" 6 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog‘onasida bormoqda. Mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan "OKMK" esa 8 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur

"Andijon" — "OKMK" 1:2

Gollar: 0:1 — Abdurazzoqov (29), 0:2 — Kojich (36), 1:2 — Yo‘ldoshev (86)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting