locale OZ

Superliga. «Andijon» mehmonda «Xorazm»ni yirik hisobda mag’lub etdi

“Andijon” 16 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasiga ko‘tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. «Andijon» mehmonda «Xorazm»ni yirik hisobda mag’lub etdi
Фото: Андижон ПФК

O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan “Xorazm” — “Andijon” uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuv 0:3 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahs andijonliklarning ustunligi ostida o‘tdi. Hisob 15-daqiqada “Andijon”ning gruziyalik yarim himoyachisi Aleksandre Andronikashvili tomonidan ochildi. 20-daqiqada Humoyunmirzo Iminov burchak zarbasidan so‘ng tashkil etilgan kombinatsiyani golga aylantirdi. 90+5-daqiqada Dragan Cheran jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Andijon” 16 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasiga ko‘tarildi. “Xorazm” esa 13 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekiston Superligasi, 11-tur

“Xorazm” — “Andijon” 0:3

Gollar: 0:1 — Andronikashvili (15), 0:2 — Iminov (20), 0:3 — Cheran (90+5)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting