locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Superliga. "Andijon" ilk bor poytaxtda "Paxtakor"ni mag'lub qildi

Futbol 14 apr 2025 da 01:00
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Superliga. "Andijon" ilk bor poytaxtda "Paxtakor"ni mag'lub qildi
PHOTO: Telegram

Superliga beshinchi turidan o'rin olgan “Paxtakor” hamda “Andijon” jamoalari o'rtasidagiuchrashuv bo'lib o'tdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tgan ushbu qarama-qarshilikda muhlislar jami beshta gol ko'rishdi.

Dastlab Doniyor Abdumannopov ikkinchi bo'limning 54 daqiqasida hisobni ochib, “burgutlar”ni oldinga olib chiqdi. Rustam Turdimurodov 60 daqiqada hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. Oradan yetti daqiqa o'tib, Igor Sergeyev oradagi farqni qisqartirdi. 80 daqiqada Luka Uskokovich andijonliklarning yana ikki top farqi bilan oldinga chiqib olishini ta'minlagan bo'lsa, o'yin asosiy vaqti tugashiga yetti daqiqa qolganida “sherlar” futbolchisi Bashar Resan to'p kiritdi va yakuiy hisob 2:3 ko'rinishiga keldi.

“Andijon” 26 yillik tanaffusdan so‘ng yana Paxtakor darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi va o'z tarixida ilk bor poytaxtda g'alabani nishonladi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting