Superliga 9–10-tur uchrashuvlari yuzasidan tahlil o'tkazildi.
Muhokamalar davomida hakamlarning qaror qabul qilish tezligi, pozitsiya tanlashi hamda VAR bilan bog‘liq jihatlar ham alohida e’tiborga olindi.
photo: UzFHM
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda Superligada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi. Unda so‘nggi ikki tur davomida kuzatilgan bahsli epizodlar, qarorlar aniqligi va o‘yin boshqaruvidagi muhim jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tahlil jarayonini tajribali instruktorlar Bobur Haydarov, Valentin Kovalenko hamda Jahongir Saidovlar olib borib, har bir vaziyat bo‘yicha amaliy yondashuvlar va zamonaviy talqinlar asosida fikr bildirishdi.
Muhokamalar davomida hakamlarning qaror qabul qilish tezligi, pozitsiya tanlashi hamda VAR bilan bog‘liq jihatlar ham alohida e’tiborga olindi. Ayrim epizodlar misolida aniq tavsiyalar berilib, kelgusi o‘yinlar uchun muhim xulosalar chiqarildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor