locale OZ

Superliga 6-tur yakunlandi va turnir jadvali bilan tanishing

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga 6-tur yakunlandi va turnir jadvali bilan tanishing
Photo: UzPFL

O‘zbekiston Superligasida 6-tur o‘yinlari yakunlandi.

Tur davomida peshqadam OKMK “So‘g‘diyona”dan ustun keldi, - 3:2. “Bunyodkor” esa yana ochko yo'qotdi. “Dinamo” esa “Andijon” maydonida so‘nggi daqiqalarda gol urib, uch ochkoga ega bo‘ldi.

“Nasaf” esa yana g‘alaba qozonib, turning 2-o‘rniga chiqib oldi. Turning sensatsiyasi esa Farg‘onada kuzatildi. “Neftchi” o‘z maydonida “Paxtakor”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

6-tur natijalari:

Ushbu turdan so‘ng OKMK peshqadamlikni davom ettirmoqda. “Nasaf” esa 2-o‘rinni egallagan. Bu jamoalarni 2 ochko bir-biridan ajratib turibdi. Uchlikni “Bunyodkor” 12 ochko bilan yakunlab bermoqda. “Sho‘rtan” esa hamon g‘alaba qozona olmay, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Tur jadvali

Olmaliqdagi o‘yinda dublga erishgan “So‘g‘diyona” hujumchisi Doriev to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga oldi. Sergeyev ham gollari sonini 4 taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Kachorri esa ikki turdan buyon gol ura olmayapti va 3-o‘ringa tushib qoldi.

To‘purarlar ro‘yxati:

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting