locale OZ

Superliga 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi Toshkent viloyatidagi Do‘stlik stadionida bo‘lib o‘tadi

Bahs taqvimda belgilanganidek, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga 5-turi doirasidagi So‘g‘diyona – Qo‘qon-1912 uchrashuvi Toshkent viloyatidagi Do‘stlik stadionida bo‘lib o‘tadi
photo: PFL

Xabaringiz bor, ayni damda Jizzaxdagi So‘g‘diyona stadionida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlanmagan.

Jamoa 5-turdagi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun Toshkent viloyatidagi Do‘stlik o‘yingohi bilan kelishuvga erishgan va bu borada Ligani xabardor qilgan. Shu tariqa, 5-turdagi Qo‘qon-1912 klubiga qarshi bahs aynan Do‘stlik stadionida o‘tkazilishiga kelishib olindi. Bahs taqvimda belgilanganidek, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Nasaf jamoasi ham Superliga 5-turidagi Andijonga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazish uchun Dinamo stadioni bilan shartnoma imzolagan. Uchrashuv taqvim bo‘yicha 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting