locale OZ

Superliga 30-turi doirasidagi \"Qizilqum\" — \"Sho‘rtan\" uchrashuvida zaxira hakami va futbolchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan izoh berildi

Ushbu uchrashuvning 90+2-daqiqasida to‘p maydon tashqarisiga chiqqan vaziyat bo‘yicha zaxira hakami Alisher Rahimqulov bosh hakamga qo‘shimcha axborot bergan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Superliga 30-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Sho‘rtan" uchrashuvida zaxira hakami va futbolchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan izoh berildi
photo: Qizilqum FK

Superliga 30-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Sho‘rtan" uchrashuvida zaxira hakami va futbolchi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan izoh

Ushbu uchrashuvning 90+2-daqiqasida to‘p maydon tashqarisiga chiqqan vaziyat bo‘yicha zaxira hakami Alisher Rahimqulov bosh hakamga qo‘shimcha axborot bergan. Zaxira hakamning “Красный аут?” degan ma’lumoti to‘p kimdan chiqayotganini aniqlashtirish va bosh hakamga to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam berish maqsadida aytilgan. Bu — o‘yin qoidalariga ko‘ra ruxsat etilgan va hakamlar brigadasi o‘zaro hamkorligining odatiy bir qismi hisoblanadi.

Biroq ushbu holat chog‘ida "Sho‘rtan" jamoasining 88-raqamli futbolchisi hakamlar qaroriga bevosita aralashishga uringan va “qanday красный?” deya norozilik bildirgan. O‘yin qoidalariga ko‘ra, futbolchining hakamlar qaroriga bosim o‘tkazishi yoki munozarali shaklda aralashuvi sport etikasi va intizom talablari bilan mos kelmaydi.

Vaziyatning o‘zi va videoyozuvlar shuni ko‘rsatadiki, zaxira hakami bosh hakamga o‘z vaqtida to‘g‘ri ma’lumot bergan, natijada yakuniy qaror qoidalar asosida qabul qilingan. Afsuski, mazkur epizod ayrim OAV vakillari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan hamda holatning asl mazmuni noto‘g‘ri yoritilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting