locale OZ

Superkompyuter Yevropa ligasi favoritini aniqladi

Turnir kelasi haftada start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superkompyuter Yevropa ligasi favoritini aniqladi
ФОТО: Getty images

Opta superkompyuteri Yevropa Ligasining navbatdagi mavsumi start oladi. Ishtirokchilarning nufuzli klub turnirida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

Birmingemning "Aston Villa" klubi musobaqaning asosiy favoriti hisoblanadi. Ingliz klubining imkoniyatlari 21,6 foizga baholanmoqda.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan "Roma" joy olgan. Rim klubining g‘alaba qozonish ehtimoli 12,8 foizga teng. Yevropa Ligasi favoritlari uchligini APLning yana bir vakili – "Nottingem Forest" 11,3 foiz bilan yakunlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Londondagi "Tottenhem" klubi hisoblanadi. "Shporlar" finalda "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting