Superkompyuter Portugaliyaning JCh-2026'dagi imkoniyatlarini baholadi
Opta Analyst oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida superkompyuterning 2026 yilgi jahon chempionatida Portugaliya milliy terma jamoasi imkoniyatlariga oid hisobotini eʼlon qildi.
Opta maʼlumotlariga koʻra, Portugaliya boʻlajak jahon birinchiligida gʻolib chiqishga asosiy daʼvogarlar reytingida beshinchi oʻrinda bormoqda. Portugallarning bosh sovrinni qoʻlga kiritish imkoniyati 7 foizga baholangan. Roberto Martines shogirdlarining finalga chiqish ehtimoli 13 foizni, yarimfinalga yetib borishi 23,7 foizni, chorak finalga chiqishi esa 40,2 foizni tashkil etmoqda.
Eʼtiborli jihati, Portugaliya terma jamoasi «K» guruhida DR Kongo, Kolumbiya hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Maʼlumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionatining final bosqichida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar boʻlib oʻtadi.