Superkompyuter O‘zbekistonning JCH-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatini baholadi
Ispaniya asosiy favorit sifatida ko‘rsatilmoqda.
Фото: ЎФА
Opta Analyst statistik portali dunyo terma jamoalarining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, Ispaniya milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati eng yuqori (17 foiz).
Ikkinchi o‘rinni Fransiya milliy jamoasi (14,1 foiz) egalladi. Uchinchi o‘rinni superkompyuter Angliyaga (11,8 foiz) berdi.
Tarixda birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy jamoasi imkoniyatlari juda past baholangan – atigi 0,2 foiz.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist