Opta superkompyuteri Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan DR Kongo — O‘zbekiston uchrashuvi oldidan jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, algoritm mazkur bahs bo‘yicha 25 mingta simulyatsiya o‘tkazgan. Natijalarga ko‘ra, uchrashuvda DR Kongo terma jamoasi favorit sifatida ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, DR Kongoning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish ehtimoli 48,9 foizni tashkil qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyati esa 26,8 foizga baholangan. Durang natija ehtimoli 24,3 foiz deb ko‘rsatilgan.
Ushbu o‘yin har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ikki turdan so‘ng DR Kongo terma jamoasi 1 ochko bilan “K” guruhida uchinchi o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa hali ochko jamg‘ara olmagan va guruhda to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, “K” guruhida ayni paytda Kolumbiya 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Portugaliya terma jamoasi esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.