Superkompyuter «El-klasiko»da jamoalar imkoniyatini baholadi
Opta o‘z taxminlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
Ertaga, 26 oktyabr yakshanba kuni Ispaniya La Ligasi 10-turida "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Opta analitik nashrining mutaxassislari superkompyuter yordamida jamoalarning ushbu bellashuvdagi muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini hisoblab chiqishdi.
"Real"ning klasikoda g‘alaba qozonish imkoniyati 45,3 foizni tashkil etadi. "Barselona"ning imkoniyatlari 31,1 foiz. Shunga ko‘ra, durang ehtimoli 23,6% deya baholandi.
Ayni damda, Ispaniya chempionatida "qirolic klub" 24 ochko bilan birinchi o‘rinni, "ko‘k-anorranglilar" esa 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turishibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist