locale OZ

Sunnatulla Abdullajonov: «Qarshi hujumlardan foydalanganimizda g‘alabani saqlab qolgan bo‘lardik»

Bellashuvdan so‘ng futbolchi Sports24.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sunnatulla Abdullajonov: «Qarshi hujumlardan foydalanganimizda g‘alabani saqlab qolgan bo‘lardik»
Фото: Сурхон ПФК

Termizning “Surxon” klubi Superliga 11-turida o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi. O‘yin 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Mezbonlar safida yagona gol Sunnatulla Abdullajonov hisobiga yozildi. Bellashuvdan so‘ng futbolchi Sports24.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.

- “Paxtakor” bilan o‘yindan keyin fikrlaringiz qanday?

- Bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Chunki raqib qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. Shunga diqqatimizni jamlab tayyorlandik. “Paxtakor” tarkibida yaxshi o‘yinchilar bo‘lishiga qaramay, o‘zimizning o‘yin uslubimizda o‘ynashga harakat qildik. Odatda ko‘p jamoalar “sherlar”ga qarshi bahslarda himoyaga ko‘proq e’tibor qaratadi. Lekin biz ochiq futbol ko‘rsatishga urindik.

- “Surxon” g‘alabani saqlab qola olmaganiga nima sabab bo‘ldi?

- Agar o‘yin oxirlarida qarshi hujumlardan foydalana olganimizda g‘alabani saqlab qolishimiz osonroq kechardi. Chunki vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, oxirgi daqiqalardagi standart vaziyatda biroz e’tiborsizlik qildik va raqib gol urib ketish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Umuman olganda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik.

- “Paxtakor” darvozasiga gol urishingizni kutganmidingiz?

- Albatta, o‘yindan oldin gol urishni maqsad qilgandim. Alloh nasib qilgan ekan, bunga erishdik. Agar g‘alabani saqlab qolganimizda yanada yaxshi bo‘lardi.

- “Surxon” O‘zbekiston kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Jamoaning turnirdagi maqsadlari qanday?

- Albatta, turnirda ijobiy natijalarga erishmoqchimiz. O‘yinlar startiga qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz. Birinchi navbatda guruhda o‘zimiz uchun kerakli natijalarni qayd etib, keyingi bosqichga chiqishimiz kerak. Umuman olganda O‘zbekiston kubogida uzoqroqqa borish asosiy maqsad hisoblanadi”, - dedi Abdullajonov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting