Sulsher vaqtincha «MYU»ni boshqarishga tayyor — Romano
Ole-Gunnar Sulsher Ruben Amorim iste’fosidan so‘ng «Manchester Yunayted»ga qaytishga tayyor. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, norvegiyalik mutaxassis «qizil iblislar»ni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida yana boshqarishga qiziqish bildirmoqda va shartnoma muddati uning uchun muhim emas. Sulsher avval ham «Manchester Yunayted»da 2018 yildan 2021 yilgacha bosh murabbiy lavozimida ishlagan.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» rahbariyati shoshilinch qaror qabul qilmayapti va bosh murabbiylikka nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Joriy hafta jamoani vaqtincha Darren Fletcher boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni «Manchester Yunayted» Ruben Amorimni bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatganini rasman e’lon qilgandi. Portugaliyalik mutaxassis klubda 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha faoliyat olib borgan.