Sulsher «MYU»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar
“Manchester Yunayted” Angliya chempionati jadvalida 31 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” rahbariyati mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimi bo‘yicha nomzodlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Klubning qisqa ro‘yxatidan Ole Gunnar Sulsher va Maykl Kerrik joy olgan. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda Sulsher asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda, biroq yakuniy qaror shaxsiy uchrashuvlar natijasidan keyin qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Byornli”ga qarshi eng yaqin o‘yinda jamoani Darren Fletcher boshqaradi.
Hozirda “Manchester Yunayted” Angliya chempionati jadvalida 31 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist