locale OZ

Sulsher «MYU» tekinga boshqarishga tayyor — manba

Avvalroq mankunianliklar Amorimni isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sulsher «MYU» tekinga boshqarishga tayyor — manba
FOTO: Getty Images

Norvegiyalik murabbiy Ole-Gunnar Sulsher «Manchester Yunayted»ni yana vaqtincha bosh murabbiy sifatida boshqarishga juda qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis hatto joriy mavsum oxirigacha «MYU»da vaqtincha murabbiy lavozimini bepul bajarishga tayyor, deb xabar beradi Indykaila News nashri.

Sulsher avval 2018–2021 yillarda «Manchester Yunayted»ni boshqargan.

Oldinroq xabar berilganidek, «qizil iblislar» murabbiylik masalasida shoshilmayapti va vakant lavozimga nomzodlarni baholashni davom ettirmoqda. Shu hafta bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Darren Fletcher bajaradi.

5 yanvar kuni «Manchester Yunayted» klubining bosh murabbiyi Ruben Amorim ishdan bo‘shatilgani e’lon qilindi. Portugaliyalik mutaxassis 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha mankunianlarni boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting