locale OZ

Sud «PSJ»ga Mbappega 61 million yevro toʻlash majburiyatini yukladi

Fransiyalik hujumchi 2024 yilning yozida parijliklar safini tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sud «PSJ»ga Mbappega 61 million yevro toʻlash majburiyatini yukladi
FOTO: Getty Images

Sud Fransiyaning «PSJ» klubini jamoaning sobiq hujumchisi Kilian Mbappega ish haqi bo‘yicha kompensatsiya sifatida 61 million yevro to‘lashga majbur qildi. Qaror bir ovozdan qabul qilingan bo‘lib, hukm darhol ijroga yo‘naltiriladi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil noyabr oyida Mbappe «PSJ»dan jami 263 million yevro miqdorida tovon puli talab qilgani haqida ma’lum bo‘lgandi. Ushbu summa futbolchiga shartnoma muddati yakunlangach to‘lanmagan maosh va bonuslar, shuningdek, klubda unga nisbatan bo‘lgan munosabat uchun kompensatsiyani ham o‘z ichiga oladi.

Kilian Mbappe 2024 yil yozida «Pari Sen-Jermen»ni erkin agent sifatida tark etgan edi. Shundan so‘ng u Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tdi va hozirda ham aynan ushbu jamoa safida to‘p surmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting