Subimendi «Real»ga o‘tishi mumkin
Martin 2025 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" hujumchisi Martin Subimendi faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, futbolchi madridliklar safiga o‘tishga og‘zaki rozilik bergan. Shu bilan birga, "Real" hozircha o‘z yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bo‘yicha aniq takliflarni kutmoqda.
Biroq Subimendining transferi faqat fransuz futbolchisi jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Kamavingaga esa "Manchester United" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot tariqasida aytish mumkinki, Martin 2025 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. U bu jamoaga "Real Sociedad" klubidan o‘tgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist