Suarez: «Messi bilan birgalikda faoliyatimni yakunlamoqchiman»
Фото: Getty Images
"Inter Mayami"ning 38 yoshli hujumchisi Luis Suarez futbolchilik faoliyatini Lionel Messi bilan bir vaqtda yakunlash istagi borligini ma'lum qildi.
"Faoliyatimni Messi bilan yakunlamoqchiman. Leo bilan ko‘p yillardan beri bu haqda gaplashib kelmoqdamiz. Bizda bunday imkoniyat bo‘lishi mumkin", — deya Suarezning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami"da o‘ynamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Suarez esa 2024 yil yanvaridan boshlab Florida klubida o‘ynamoqda. Hujumchining shartnomasi ham 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist