locale OZ

Suarez «Inter Miami»da qolishga rozi bo‘ldi

Urugvaylik hujumchi 2024 yildan beri bu klub libosida to‘p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suarez «Inter Miami»da qolishga rozi bo‘ldi
ФОТО: Getty images

“Inter Miami” hujumchisi Luis Suarez jamoada qolishga roziligini bildirdi. Bu haqda jurnalist Daniel Solana xabar berdi.

Ma’lumot uchun, urugvaylik futbolchining amaldagi shartnomasi shu oy oxirida yakunlanadi.

Shunga qaramay, “Inter Miami” klubi rahbariyati tajribali forvardga kelishuvni yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi va Suarez bu taklifga rozi bo‘ldi.

Shu tariqa, Luis “Inter Miami” sharafini 2026 yil oxirigacha himoya qiladi. Ta’kidlash joiz, urugvaylik hujumchi 2024 yildan beri bu klub libosida to‘p suradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting