Suarez faoliyatidagi 600-golini urdi
38 yoshida yubiley golini nishonladi.
ФОТО: Getty images
“Inter Mayami” klubi futbolchisi Luis Suarez faoliyatidagi 600-golini urdi.
Urugvaylik 38 yoshli hujumchi “Atlanta”ga qarshi (4:0) o‘yinda bitta gol muallifiga aylandi. Natijada u butun faoliyatidagi gollari sonini 600 taga yetkazdi.
Shu tariqa, Suarez futbol tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida 12-o‘rinni egalladi. Hozirda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida undan oldinda faqat Robert Levandovski, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu joy olgan.
Forvardning “Inter Mayami” bilan shartnomasi dekabr oyida yakuniga yetadi.