Suares «Inter Mayami» bilan shartnomani uzaytirmaydi — manba
Urugvaylik hujumchi 2024 yildan buyon MLS klubi safida toʻp surmoqda.
FOTO: Getty Images
38 yoshli «Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares jamoa bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Bu haqda TyC Sports nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, urugvaylik forvard o‘zini futbolchi sifatida tarbiyalagan va 2022 yilda qisqa muddat o‘ynagan klubi — «Nasional»ga qaytish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Xaver Maskerano qo‘l ostida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani sabab, Suares mavsum oxirida muddati yakunlanadigan shartnomani yangilashi kutilmayapti.
Luis Suares 2024 yilda «Inter Mayami»ga qo‘shilgan edi. Joriy MLS mavsumida u 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist