locale OZ

Suares diskvalifikatsiya qilindi

Shuningdek, Luis nomaʼlum miqdorda jarimaga tortildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Suares diskvalifikatsiya qilindi
ФОТО: Getty images

"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares 1/8 finalning ikkinchi o‘yinida (3:1) "Nashvill" himoyachisi Endi Najarni urib yuborgani uchun MLS pley-off o‘yinida ishtirok eta olmadi.

MLS intizom qo‘mitasi bayonotida, garchi o‘yinda unga nisbatan hech qanday qoida buzilishi qayd etilmagan bo‘lsa-da, Suaresning 71-daqiqadagi tajovuzkor harakati diskvalifikatsiyaga sabab bo‘lgani aytib o‘tildi.

Shuningdek, Suares nomaʼlum miqdorda jarimaga tortildi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi seriyada hisob — 1:1. Ushbu raqiblar o‘rtasidagi 1/8 finalning uchinchi o‘yini 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting