locale OZ

Students cup bugun birinchi bosqich o'z yakuniga yetadi va ikkinchi bosqichga qur'a tashlanadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Students cup bugun birinchi bosqich o'z yakuniga yetadi va ikkinchi bosqichga qur'a tashlanadi
PHOTO: Telegram

Coca-Cola Students cup I bosqichi bugun o‘z yakuniga yetadi. Soat 22:00 da II bosqichga qur’a tashlanadi va jarayon Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi.

15-16 may kunlari Coca-cola Students cup musobaqasida II bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

I bosqich uchun qur’a davomida omadli 13 ta universitet to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘llanma olgandi. Endi ular navbatdagi qur’a jarayonida o‘z raqiblarini bilib oladi va bu safar imtiyozga ega chiqmaydi.

I bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan 33 ta univer orasidan 2 tasiga qur’ada omad kulib boqsa, ular imtiyoz orqali III bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Shu tariqa qolgan 44 ta universitet II bosqichda 22 ta juftlik hosil qiladi. O‘yinlar 15-16 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Mag‘lub jamoalar imkoniyatlarsiz musobaqa bilan xayrlashadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting