locale OZ

«Strasburg» Rosenyorga oʻrinbosar topdi

Avvalroq mutaxassis «Chelsi»ga oʻtishga yaqin ekanligi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Strasburg» Rosenyorga oʻrinbosar topdi
FOTO: Getty Images

«Strasburg» klubi bosh murabbiy lavozimi uchun yangi nomzod izlamoqda. Jamoaning hozirgi murabbiyi Liam Rozenyor «Chelsi» bilan muzokaralar olib bormoqda va londonliklar safiga o‘tishga yaqin turibdi. Shu sababli fransuz klubi bosh murabbiylikka Gari O’Nil nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, tayinlov bo‘yicha yakuniy qaror bugunning o‘zidayoq qabul qilinishi mumkin. Agar O’Nil ushbu lavozimni egallasa, bu uning faoliyatidagi Angliyadan tashqaridagi ilk ish tajribasi bo‘ladi.

Avvalroq mutaxassis «Vulverxempton» va «Bornmut» klublarida faoliyat yuritgan. U 2024 yil dekabr oyida «Vulverxempton»dan bo‘shatilgach, ishsiz bo‘lib kelayotgan edi.

Hozirda «Strasburg» Fransiya chempionatida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi Fransiya Kubogi doirasida to‘rtinchi divizion vakili «Avransh»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs 10 yanvar, shanba kuniga belgilangan. Kutilishicha, yangi murabbiy aynan shu o‘yinga tayyorgarlikni boshlab beradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting