locale OZ

Stouns: «Bahona qidirishni istamayman, bu oʻyindan xulosa chiqarishimiz kerak»

«Man Siti» himoyachisi «Bayer»ga uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stouns: «Bahona qidirishni istamayman, bu oʻyindan xulosa chiqarishimiz kerak»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stouns Chempionlar ligasi 5-turida «Bayer»ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.

Stounsning aytishicha, natijaga jamoa tarkibidagi ko‘plab rotatsiyalarni bahona sifatida ko‘rsatish oson bo‘lardi, biroq u g‘alaba ham, mag‘lubiyat ham, mas’uliyat ham yonma-yon turishini takidladi:

«Bahona qidirgimiz kelmayapti. Tarkibdagi o‘zgarishlar sabab yutqazdik deyish oson, lekin har bir futbolchi o‘z rolini bajaradi. Biz jamoa bo‘lib yutamiz va jamoa bo‘lib yutqazamiz. Bugungi natijadan juda xafa bo‘ldik. Bu tajribadan xulosa chiqarishimiz, xatolarni tuzatishimiz kerak. Bu iztirob bizga keyingi o‘yinlarda bosimni oshirish uchun yoqilg‘i bo‘ladi», — dedi Stouns.

Maʼlumot uchun, mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng «shaharliklar» 10 ochko bilan Chempionlar ligasining umumiy turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting