locale OZ

Stones yozda «Manchester Siti»ni tark etmoqchi

Unga "Everton" jiddiy qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stones yozda «Manchester Siti»ni tark etmoqchi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti”ning eng tajribali markaziy himoyachisi Jon Stones joriy mavsum yakunlangach “shaharliklar” safini tark etishi kutilmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchiga avval o'zi o'ynagan “Everton” jamoasi qiziqish bildirgan.

Mersisaydliklar o'yinchini yozda, manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida tarkibga qo'shib olishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, Jon Stones 2016 yilda “Everton”dan 55 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga o'tgan edi.

Joriy mavsumda himoyachi manchesterliklar safida barcha turnirlarda 15 ta o'yin o'tkazdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting