Stole Solbakken o‘yin oldidan: «Karlo Anchelotti, kutib tur, biz sening ortingdan bormoqdamiz!»
Norvegiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken JCh-2026 nimchorak finali doirasidagi Braziliyaga qarshi bahs oldidan kiyinish xonasida futbolchilariga qarata hayajonli nutq so‘zladi. Mazkur uchrashuv yakunda yevropaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Siz nafaqat Norvegiya futboli, balki butun mamlakat tarixini yaratmoqdasiz! Bu juda ulkan voqea! Bunday lahzalar boshqa takrorlanmaydi! Bundan keyin biz mundiallarga muntazam ravishda yo‘l olamiz. Demak, o‘sha 28 yillik uzoq va og‘riqli kutishlar… Hammasi ortda qoladi! Hozir men va siz his qilayotgan tuyg‘ular boshqa hech qachon qaytarilmaydi! Hech qachon! Bularning barchasiga siz tufayli erishildi, yigitlar! Buni siz uddaladingiz! Shunday ekan, endi har biringiz Norvegiyada ikki hafta davomida bayram qilishingiz mumkin va hech kim sizga yomon ko‘z bilan boqmaydi. Bugun ushbu g‘alabadan to‘liq zavq oling. Va kutib tur, Karlo Anchelotti, biz sening ortingdan bormoqdamiz!» — dedi Solbakken o‘yindan avval kiyinish xonasida.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya o‘z tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘llanma oldi. Ular yarim final yo‘lida Angliya yoki Meksika terma jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.