locale OZ

Stiven Jerrard yana sobiq jamoasini boshqarishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stiven Jerrard yana sobiq jamoasini boshqarishi mumkin
Photo: Getty Images

“Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard yana "Reynjers"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Shotlandiya klubi 44 yoshli mutaxassisni bosh murabbiylikka nomzodlar ro'yxatiga kiritgan. Katta ehtimol bilan Jerrard yana klub postini egallashi kutilmoqda.

Oxirgi oylarda jamoada murabbiylar almashinuvi ro'y berdi. Jumladan, Filipp Klemann fevral oyida bu lavozimni tark etgan, jamoani Barri Fergyuson vaqtincha boshqarmoqda.

Hozirda "Reynjers" 35 turdan keyin 68 ochko jamg'arib, Shotlandiya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Jerrard 2018 yildan 2021 yilgacha Glazgo jamoasini boshqargan va u bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting