locale OZ

Stiven Jerrard Saudiyada qolish uchun “Reynjers” taklifini rad etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stiven Jerrard Saudiyada qolish uchun “Reynjers” taklifini rad etdi
FOTO: Getty Images

Angliyalik mutaxassis Stiven Jerrard faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Record nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, murabbiy aynan shu sabab “Reynjers”ga qaytmoqchi emas. Uning oilasi ham Shotlandiyaga qaytishni istamayapti.

“Reynjers” ushbu voqealardan so'ng murabbiylik kursisiga boshqa variantlarni ham o'rganib chiqmoqda. Xususan, Davide Anchelotti va Rassel Martin shular jumlasidan.

Eslatib o'tamiz, Jerrard 2018-yildan 2021-yilgacha “Reynjers”ni boshqargan va 2020/2021-yilgi mavsumda jamoani chempionga aylantirgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting