locale OZ

Stiven Jerrard: Menimcha, u katta tavakkal qildi

Liverpul afsonasi Trent Aleksander-Arnoldning "Real"ga o‘tish qarorini baholadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stiven Jerrard: Menimcha, u katta tavakkal qildi
photo: gettyimages

"Men bunday qilmagan bo‘lardim. Menimcha, u katta tavakkal qildi. U ajoyib futbolchi, juda iqtidorli, men ko‘rgan eng yaxshi pas beruvchilardan biri. U hech shubhasiz, Bekxem va Skoulz bilan bir vazn toifasida.

Ammo u eng yaxshi yillarida, yangi shartnoma taklif qilinayotgan bir paytda "Liverpul"ni tark etib, tavakkal qildi. U bilan hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman, chunki men bu yigitni yaxshi ko‘raman.

Va uning bu qarorni qabul qilganini tushunaman. U yerda uning eng yaqin do‘sti [Jud Bellingem] o‘ynaydi. Ehtimol, u o‘ziga yangi chaqiriqni xohlagandir. U "Liverpul"da hamma sovrinni yutdi. Men bu qismini juda yaxshi tushunaman.

Lekin bunga "Liverpul" muxlisi nuqtayi nazaridan qarasangiz – sen nima qilyapsan? Sen Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan birida eding, men haligacha orzu qiladigan sovrinlarni yutganding. Sen yevrokuboklarni yutding. Sen asosiy o‘yinchilardan birisan. Muxlislar seni juda yaxshi ko‘radi. Nima qilyapsan o‘zi? Lekin men buni muxlis sifatida aytyapman," – dedi mersisaydliklarning sobiq sardori Rio Ferdinandga bergan intervyusida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting