locale OZ

Stiven Chinedu – Surxon futbolchisi

Chinedu bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzolandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stiven Chinedu – Surxon futbolchisi
ФОТО: Getty images

Stiven Chinedu – Surxon futbolchisi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Biz jamoamizdagi yangi transfer haqida xabar beramiz. Jamoamiz safiga Nigeriyalik legioner Stiven Chinedu qo‘shildi. U 26 yoshda va hujumchi pozitsiyasida to‘p suradi. Chinedu bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzolandi.

Stiven Chinedu 2000 yilning 6 yanvarida Nigeriyada tavallud topgan. U markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qiladi.

Uynagan klublari

2019–2021 — “Hajduk” (Xorvatiya), NK “Dugopole” (Xorvatiya)
2021/22 — “Dinamo Siti” (Albaniya)
2022/23 — “Solin” (Xorvatiya)
2023–2025 — “Shiroki Brijeg” (Bosniya va Gertsegovina)
2025 — “Radnichki” (Serbiya)
2025 — “Radnik” Surdulitsa (Serbiya)”, - deyiladi surxonliklar xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting