locale OZ

Stiv Mandanda faoliyatini yakunladi

U 40 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stiv Mandanda faoliyatini yakunladi
ФОТО: Getty images

Fransiyalik darvozabon Stiv Mandanda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

40 yoshli darvozabon L’Équipe nashriga bergan intervyusida buni tasdiqladi.

"Menga bu qarorni qabul qilish uchun vaqt kerak edi, chunki bu oson emas, lekin ha, men faoliyatimni tugatyapman. Bu haqda uzoq vaqt o'yladim, chunki takliflar ko'p edi, lekin barchasini rad etdim", - dedi Mandanda.

Mandandaning so‘nggi klubi "Renn" bo‘lib, uning shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetgan.

U "Marsel"ning sobiq sardori va klubning eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchisi (613).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting