locale OZ

Stipe Perica Neftchi futbolchisi sifatida tanishtirildi

Neftchi jamoasi bugun xorvatiyalik mahoratli hujumchi Stipe Perica bilan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stipe Perica Neftchi futbolchisi sifatida tanishtirildi
photo: Neftchi FK

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan va tarkibni kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan Neftchi jamoasi bugun xorvatiyalik mahoratli hujumchi Stipe Perica bilan shartnoma imzoladi.

"Stipe Perica 1995 yilning 7 iyulida Xorvatiyaning Zadar shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2012 yilda Xorvatiyada boshlagan Stipe Perica 2013 yilda Angliyaning “Chelsea”, keyinchalik esa Italiyaning “Udinese” va “Frosinone”, Turkiyaning “Kasimpasha”, Angliyaning “Watford”, Isroilning “Maccabi”, Belgiyaning “Standard” va Ruminiyaning “Dinamo” kabi taniqli jamoalarida to‘p surdi. 2013/2016 yillar davomida futbolchi Xorvatiyaning U-19, U-20 va U-21 terma jamoalari sharafini himoya qildi. Bundan tashqari Stipe Perica Yevropaning nufuzli musobaqalarida ham ishtirok etdi. Ular orasida UEFA Konferensiyalar ligasi, Yevropa pley-off ligasi, Toto kubogi, Angliya futbol liga kubogi, Niderlandiya kubogi, Italiya kubogi, Belgiya kubogi musobaqalaridir.

Jamoamiz va farg‘onalik futbol muxlislari nomidan Stipe Pericaga “Neftchi” sharafini munosib himoya qilishiga katta ishonch bildiramiz va faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting