Sterling «Feyenoord»ni tark etadi
Tomonlar amaldagi kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor emas.
ФОТО: Getty images
Angliyalik hujumchi Rahim Sterling va Niderlandiyaning “Feyenoord” klubi o‘rtasidagi hamkorlik yakuniga yetmoqda. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar amaldagi kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor emas.
Avvalroq Sterling Rotterdam klubi bilan olti oylik qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. Biroq tez-tez takrorlanayotgan jarohatlar tufayli futbolchi deyarli maydonga tushmayapti.
“Men Sterlingning qarorlarini hurmat qilaman, biroq birinchi navbatda jamoa oldiga qo‘yilgan turnir vazifalarini hal qilish haqida o‘ylashim kerak. Bu hamma narsadan muhimroq”, — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Niderlandiya Erediviziyasi yakuniga to‘rt tur qolganda “Feyenoord” turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist