Sterling «Chelsi»ni tark etishga yaqin
Rahimning "Chelsea" bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" vingeri Rahim Sterling yanvardayoq jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda MatchDay Central nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga "Vest Hem" va "Kristal Pelas" klublari qiziqish bildirmoqda.
Sterlingning "Chelsi" bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Uning ish haqi haftasiga 350 000 funt sterlingni tashkil qiladi.
Vinger 2022 yilda "Manchester Siti"dan 56 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi London klubi safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Futbolchi "ko‘klar"ning asosiy jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist