Sterling Angliyani tark etmoqchi emas
ФОТО: Getty images
"Chelsi" vingeri Rahim Sterling xorij klubiga o'tish niyatida emas. Bu haqda insayder va jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, u Turkiyadan taklif bo'lishiga qaramay, jamoasini almashtirmoqchi emas. Futbolchi Angliyada qolishni afzal ko'rmoqda.
30 yoshli futbolchi bosh murabbiy Entso Mareskaning rejalariga to'g'ri kelmayapti, "ko'klar" rahbariyati hatto futbolchi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ham ko'rib chiqmoqda.
Turkiya klublari esa Sterling bo'yicha “Chelsi” bilan muzokaralarga kirishgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist