locale OZ

Stefan El-Shaaravi Italiyada yangi klub topdi

Tomonlar hozirda shartnoma tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Stefan El-Shaaravi Italiyada yangi klub topdi
Foto: Getty Images

Italiyalik hujumchi Stefan El-Shaaravi faoliyatini “Jenoa” klubida davom ettirishga yaqin. Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi Genuya klubiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin.

Tomonlar hozirda shartnoma tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Yangi kelishuv 2028-yilgacha mo‘ljallanishi kutilmoqda. El-Shaaravining so‘nggi klubi “Roma” bo‘lib, uning rimliklar bilan shartnomasi joriy yozda yakuniga yetgan.

O‘tgan mavsumda hujumchi A Seriya doirasida 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Transfer amalga oshsa, El-Shaaravi 16 yillik tanaffusdan so‘ng “Jenoa”ga qaytadi.

Ma’lumot uchun, El-Shaaravi aynan “Jenoa” akademiyasida tarbiya topgan va professional futboldagi ilk qadamlarini ushbu klubda qo‘ygan. U A Seriyadagi debyutini ham genuyaliklar safida 2008-yilda o‘tkazgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting