locale OZ

Stanislav Kudryashov: Mavsum juda qiyin va qiziqarli bo'ladi.

"Lokomotiv" - "Surxon" (3:1) uchrashuvidan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov matbuot anjumanida ishtirok etdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stanislav Kudryashov: Mavsum juda qiyin va qiziqarli bo'ladi.
photo: Surxon fk

Superliga 1-turidan "Lokomotiv" - "Surxon" (3:1) uchrashuvidan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov matbuot anjumanida ishtirok etdi

"Futbol mavsumi boshlangani bilan barchani tabriklayman. Mavsum juda qiyin va qiziqarli bo'ladi. Terma jamoamiz ham ilk marotaba JCHga chiqdi. Mavsumni g'alaba bilan boshlasak zo'r bo'lardi, ammo futbolda g'alabani ikkiga bo'lib bo'lmaydi. Birinchi bo'limni juda yomon tarzda boshladik. Yigitlarni maydonda tanimadim. Balki hayajon o'z so'zini aytgandir. Hozir bir nima deyish qiyin. Video tahlildan so'ng bir xulosaga kelamiz. Oldinda ikkita uy o'yinimiz bor. Keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni chiroyli o'yin bilan xursand qilamiz degan umiddaman", - deya fikr bildirdi Stanislav Kudryashov

"Surxon" 2023-yilgi mavsumdan buyon chempionatni mag'lubiyat bilan boshlamoqda. Yangi mavsum ham bundan istisno bo'lmadi. Bunday yomon statistikaning sababi nimada?
Buni bilardik va shu haqda futbolchilar bilan gaplashgandik. Bilmadim, ushbu yomon ananaga chek quya olmayapmiz. Hozir bir nimaga deyish noto'g'ri, birinchi barchasini tahlil qilib olaylik. Hissiyotlarga berilib turibman. Aytib o'tganimdek birinchi bo'lim juda yomon bo'ldi. Tanaffusdan keyin esa biroz jonlandik, ammo o'tkazib yuborgan ikkinchi golimizni o'yin taqdirini hal etdi

Mavsumdan oldingi intervyulardan birida asosiy maqsadimiz yoshlarga e'tibor imkoniyat berish dedingiz. Jamoa tarkibi ham ancha yoshardi. Yoshlar iborat tarkib tuzish kelajakdagi qiyinchiliklarga sabab bo'lmaydimi? Yoshlarga tajriba etishmasligi mumkin va oldinda uzun mavsum bor
Klubimiz rahbariyati shunday yo'lni tanlaydi. Yoshlarni tarbiyalash va ularga imkoniyat berish. Bu juda qiziqarli va to'g'ri qaror deb o'ylayman. Legionerlarni ham safimizga qo'shib oldik. Bir futbolchimiz Serbiyada o'ynagan, Richard Fraydeyni esa o'tgan "Dinamo"da o'ynadi. Avvalroq aytib o'tganimdek, birinchi taymda futbolchilarni tanimadim. O'tkazib yuborgan golimiz sabablimi, bilmadim. Tajribali darvozabonimiz bunday gol o'tkazib yubordi. Umuman olganda, biz tanlagan yo'l shu. Tavakkal qilmagan inson shampan ichmaydi degan maqol bor-ku. Biz o'zimizga yarasha tavakkalga boramiz. Imkon qadar to'g'ri qaror qabul qilishga va o'z ustimizda ishlashga intilamiz. Keyingi o'yinlarimiz bugungidan yaxshiroq bo'ladi degan umiddaman

Demak, "Surxon" yoshlarga imkoniyat berish yo'lini tanlagani uchun natijaga kamroq etibor beradimi? Yani jamoa uchun musobaqa jadvalidagi egallanadigan o'rinning ahamiyati kamayadimi?
Har bir futbolchilar necha yoshda bo'lishidan qati nazar g'alaba uchun maydonga tushadi. Hech kim mag'lubiyat uchun maydonga tushmaydi. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilar ko'p va har bir futbolchi o'z yosh toifasidagi terma jamoa azosi. Har bir o'yin tajriba degani. Turkiyadagi yig'in doirasida ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. Rasmiy o'yin esa biroz farq qiladi. Hech qisi yo'q, shunday o'yinlar orqali o'sib boramiz. Egallaydigan o'rnimiz imkon qadar teparoqda bo'lgani yaxshi. Birinchi navbatda muxlislar uchun, sababi futbol muxlislar uchun o'ynaladi

Bugungi uchrashuvda Muhammadali Musaxonov ishtirok etdi. Musaxonov Denov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda surxondaryolik yosh charm to'p ustalariga ham imkoniyat beriladimi?
Biz o'z viloyatimiz sharafini himoya qilamiz. Sir emaski Surxondaryo iqtidorlarga to'la. Do'rmonov va Bozorov futbol sulolalari Surxondaryodan chiqqan. Biz yoshlarni topib, ularga imkoniyat beramiz. Birinchi navbatda talantlarni topishga intilamiz. Akademiyamizga e'tibor qaratganmiz. U19 va U21 jamoalarini kuzatib boryapmiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting