Stadionda texnik tizimlar uchun kabellashtirish loyihasi tayyorlandi
O‘zbekiston futbolini yangi bosqichga olib chiqish hamda musobaqalarni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Xorazm sport majmuasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Ayni paytda stadion infratuzilmasini belgilangan standartlarga moslashtirish maqsadida:
translyatsiya va texnik tizimlar uchun kabellashtirish bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqildi;
stadion hududida zamonaviy ulanish nuqtalarini tashkil etish ishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda;
belgilangan texnik topshiriqlar asosida tayyorgarlik jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar milliy chempionat uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish, translyatsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda stadion infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirishga xizmat qiladi.
Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.