Sport vazirligi ishchi guruhi ishtirokida Sirdaryo viloyatida seminar o‘tkazildi
Viloyat Yoshlar markazi majlislar zalida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini kengaytirish hamda sport natijadorligini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Sport vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Olimov, Axborot komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va sun'iy intelektni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Navruz Shoymardonov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Daniyarov, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Akramov hamda hududdagi sport ta’lim muassasalari rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda soha mutaxassislari qatnashdi.
Seminar davomida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida seleksioner-trenerlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish tartibi, “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali yoshlarni ro‘yxatga olish jarayonlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda masʼullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.